Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

"Evropa vakillari Moskvaga borishga tayyor, faqat..."

"Evropa vakillari Moskvaga borishga tayyor, faqat..."

Evropa vakillari urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarda to‘liq ishtirok etish sharti bilan Moskvaga borishga tayyor

Bu haqda Fransiya prezidenti ma’muriyati Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga munosabat bildirib ma’lum qildi. 19 noyabr kuni Putin Yevropa vakillarini Moskvaga kelishga taklif qilganini aytgan edi.

Elisey saroyida Rossiyaning muloqotga rasmiy tus berish taklifi ijobiy baholangan.

Parij vakillarining ta’kidlashicha, Yevropa uchun asosiy shart — Rossiya yevropaliklarni muzokaralarda to‘laqonli ishtirokchi sifatida tan olishi va ularning AQSh hamda Ukraina bilan o‘tkaziladigan keyingi muzokaralarda faol qatnashishini ta’minlashidir.

Kiritildi: 22:10 21.11.2026. O'qildi: 4042 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik