NATO bosh kotibi Mark Ryutte 25 noyabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Florida shtatidagi Mar-a-Lago qarorgohida muzokaralar o‘tkazadi. Bu haqda alyans matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv Ukrainadagi urushni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha sa’y-harakatlar faollashgan bir paytda bo‘lib o‘tadi.
Tashrif davomida Ryutte AQSh ma’muriyatining yuqori lavozimli vakillari bilan ham uchrashadi. Muzokaralar kun tartibi hozircha oshkor etilmagan.