Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

Prokurorlikka yigirma besh yoshdan kichik bo‘lmagan shaxslar tayinlanishi belgilanmoqda — Senat

A A A
Prokurorlikka yigirma besh yoshdan kichik bo‘lmagan shaxslar tayinlanishi belgilanmoqda — Senat

Prokuror lavozimiga yigirma besh yoshdan kichik bo‘lmagan shaxslar tayinlanishi belgilanmoqda, deya xabar berdi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.

Senatning qirq beshinchi yalpi majlisida “Prokuratura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

“Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunga Qurolli Kuchlar tizimida qonunchilik hujjatlariga so‘zsiz rioya etilishi ustidan harbiy prokuratura organlarining nazorati kuchaytirilishi, shuningdek harbiy prokuratura organlariga xodimlarni harbiy xizmatga qabul qilish va undan bo‘shatish tartibi hamda ularga harbiy unvonlar berish tartibi belgilanishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

“Bosh prokuror, Harbiy prokuror, Transport prokurori Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari, shuningdek tumanlar, shaharlar prokurorlari lavozimiga yigirma besh yoshdan kichik bo‘lmagan shaxslar tayinlanishi belgilanmoqda”, — deyiladi xabarda.

Senatorlarning fikricha, ushbu qonun qabul qilinishi prokuratura organlarining mas’uliyatini yanada oshirish bilan birga, ish samaradorligini yaxshilash, qonunchilik bilan yuklatilgan vazifalarning to‘laqonli bajarilishiga xizmat qiladi.

Majlisda qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Kiritildi: 19:13 30.09.2023. O'qildi: 2172 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!