Bugun 31 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Prokuratura Gruziya prezidentini so‘roqqa chaqirdi

Prokuratura Gruziya prezidentini so‘roqqa chaqirdi

Gruziya prokuraturasi prezident Salome Zurabishvilini parlament saylovlaridagi qonunbuzarliklar haqidagi bayonotlari munosabati bilan so‘roqqa chaqirdi. Ammo prezident so‘roqqa borishdan bosh tortgan.

Departamentning fikricha, davlat rahbarida qonunbuzarliklar bo‘yicha dalillar bo‘lishi mumkin. Prokuratura saylovlardagi soxtalashtirishlar yuzasidan tekshiruv boshladi.

Tergovni boshlashga hukmron «Gruziya orzusi» partiyasini saylov g‘olibi deb tan olgan Markaziy saylov komissiyasining murojaati asos bo‘ldi. Zurabishvili xonimni so‘roq qilish 31 oktabrga belgilangan.

Prokuratura prezident, partiyalar va kuzatuvchilar tomonidan aytilgan barcha faktlarni o‘rganishga va qalbakilashtirilgan ma’lumotlarga ega bo‘lgan barchani so‘roq qilishga va’da berdi.

Shuningdek, prokuratura saylovoldi poygasi va ovoz berish kunida sodir etilgan qonunbuzarliklar bo‘yicha bir necha jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ta’kidladi.

26 oktyabr kuni Gruziyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Markaziy saylov komissiyasiga ko‘ra, hukmron «Gruziya orzusi» partiyasi 54 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongan. Muxolifat va prezident Salome Zurabishvili saylov natijalarini tan olishdan bosh tortdi va namoyishlar uyushtirdi.

Kiritildi: Bugun 00:10. O'qildi: 227 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!