Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-999-son, 15.11.2024 y.) bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining ayrim moddalariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi.
Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qonun bilan bilan O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy nazorat va probasiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan ta’sir choralarini kuchaytirishni, shuningdek ichki ishlar organlari probasiya bo‘linmalari xodimlarining vakolatlarini kengaytirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilmoqda.