Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Prezidentning shaxsiy xavfsizligi uchun mas’ul xodim o‘z joniga qasd qildi

Prezidentning shaxsiy xavfsizligi uchun mas’ul xodim o‘z joniga qasd qildi

Federal xavfsizlik xizmati xodimi Kreml hududida o‘z joniga qasd qildi. Marhum Mixail Zaxarov, Rossiya Prezidentining shaxsiy xavfsizligi uchun mas’ul bo‘linma xodimi edi.

Marhum Zaxarovning hamkasblarining so‘zlariga ko‘ra, u juda ko‘p ishlagan va oxirgi smenalardan birida u ishda 15 soatdan ko‘proq ishlashga majbur bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, erkakning rafiqasiga voqea sabablari aytilmagan. Qarindoshlarining so‘zlariga ko‘ra, Zaxarov rafiqasi bilan yashamagan va dekabr oyida ular o‘zaro kelishuv asosida ajrashishlari kerak edi.

Huquqni muhofaza qilish organlari esa vafot etgan xodim Rossiya prezidentining shaxsiy himoyasi uchun mas’ul bo‘linmada xizmat qilgani haqidagi ma’lumotni rad etgan.

Kiritildi: 08:30 01.12.2020. O'qildi: 10135 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!