Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Prezidentning navbatdagi g‘aroyib qarori

A A A
Prezidentning navbatdagi g‘aroyib qarori

Turkmanistonning Bolqon va Toshhovuz viloyatlarida ikkita yettisi bor har qanday mashinalar jarima maydoniga olib ketiladi. Bu borada “Ozodlik” radiosining Turkmanistondagi xizmati xabar beradi.

Ma’lumotga ko‘ra, yangi qaror barcha viloyatlarga tegishli bo‘ladi. Birgina Bolqon viloyatida ikkita yettisi bor davlat raqamli mashinalarning bari bir haftada jarima maydoniga olib ketilgan.

7 raqamidan endi faqat Turkmaniston prezidentining qarindoshlari foydalanishadi, xolos. Uch kun oldin esa Turkmanboshining qo‘riqchisining mashinasi 7 raqami bo‘lgani uchun jarima maydoniga olib ketilgan.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Turkmanboshi bundan keyin o‘lkada faqat oq mashinalar bo‘lishi, qolgan rangdagi mashinalar esa jarima maydoniga olib ketilishi haqida qaror chiqargandi.

Oxu.az

 

Kiritildi: 23:50 13.05.2018. O'qildi: 1974 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik