Bugun 16 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Prezident Zurabishvili Tbilisida Yevropa Ittifoqi tarafdorlarining namoyishida ishtirok etdi

Prezident Zurabishvili Tbilisida Yevropa Ittifoqi tarafdorlarining namoyishida ishtirok etdi

Gruziya Prezidenti Salome Zurabishvili poytaxt Tbilisida Yevropa Ittifoqi tarafdorlari namoyishga qatnashdi va faollar bilan uchrashdi.

Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze tomonidan mamlakatning Yevropa Ittifoqiga kirishi bo‘yicha muzokaralar boshlanishini 4 yilga to‘xtatib qo‘yishiga qarshi namoyishlar 17-kundirki davom etmoqda.

Kechqurun Tbilisida yana yig‘ilgan namoyishchilar hukumat qaroriga qarshi yana bir bor norozilik bildirishdi.

Parlament binosi oldidagi namoyishda prezident Zurabishvili ham ishtirok etgan.

Namoyishchilarga murojaat qilar ekan, u 26-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari natijalarini tan olmasligini esladi va ular saylovni qayta boshlashni talab qilishlarini ta’kidladi.

Uning aytishicha, mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni saqlash uchun yangi saylovlar o‘tkazilishi kerak.

Kiritildi: 23:04 15.12.2024. O'qildi: 382 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!