O‘zbekiston Respublikasi "Mahalliy davlat hokimiyati organlari to‘g‘risida"gi qonunning 19-moddasiga asosan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining quyidagi tarkibda 7 ta doimiy komissiyasi tuzildi:
6-chaqiriq Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining birinchi sessiyasi kun tartibiga qo‘yilgan asosiy masalalardan biri – bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Toshkent shahar hokimligiga ko‘rsatilgan nomzodni tasdiqlashdir. “Ayni vaqtda deputatlar ko‘rsatilgan nomzod bo‘yicha muhokama olib borish uchun yopiq eshiklar ortiga o‘tdi”, deydi sessiyada ishtirok etayotgan QALAMPIR.UZ muxbiri Bahodir Ahmedov.
Prezident tomonidan ko‘rsatilgan nomzod shaxsi ommaviy axborot vositalari xodimlariga ochiqlanganicha yo‘q. Katta ehtimol bilan Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahar hokimi lavozimini o‘zida saqlab qoladi.