Bugun 16 may, 2025 yil, juma

КИР

Prezident sohada mavjud muammolarga to‘xtaldi

A A A
Prezident sohada mavjud muammolarga to‘xtaldi

Ta’lim dasturlari eng ilg‘or mamlakatlar tajribasiga moslashtirilmoqda, darsliklar yangilanmoqda, maktablarga zamonaviy jihozlar olib berilayapti.

Lekin tizimdagi muallimlarning yangi metodikalarni o‘zlashtirishi, ta’lim sifatini ta’minlashi qay darajada ekani savol ostida.

Masalan, ikki yil oldin toifa berish tizimi shaffof, raqamlashgan platformaga o‘tgani haqiqiy ahvolni ko‘rsatdi.

Jumladan, o‘tgan yili 341 ming o‘qituvchi yangi tizim asosida toifaga topshirgan bo‘lsa, shundan 102 ming nafari imtihondan o‘ta olmagani qayd etildi.

Ishga olishda diplomga qarab emas, bilim va malakani baholash tizimiga o‘tildi. Bu yangi tizim orqali imtihon qilingan 13 ming nomzoddan 6 mingi bilimi qoniqarsiz bo‘lgani uchun ishga kira olmadi.

Yoki 61 ta xususiy oliygohda pedagog-kadrlar o‘qitilayotgani bilan birortasida kimyo, biologiya va fizika bo‘yicha muallim tayyorlanmaydi.

Kiritildi: 13:52 15.05.2025. O'qildi: 528 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!