Davlatimiz rahbarining ushbu tantanali marosimda ishtiroki umumiy G‘alabani ta’minlashga munosib hissa qo‘shgan millionlab insonlar xotirasiga, shu jumladan, O‘zbekiston xalqi jang maydonlarida va front ortida namoyon etgan beqiyos jasorat, matonat va fidoyilikka chuqur hurmat ifodasi bo‘ldi. Shu bilan birga, Prezidentimizning xorijiy tashriflari nafaqat xalqaro tadbirlarda ishtirok etish, balki xorijiy yetakchilar bilan ikki tomonlama kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish uchun ham muhim imkoniyatdir. Xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan birga Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso, Malayziya Podshohi Sulton Ibrohim va Laos Prezidenti Txonglun Sisulit bilan ham suhbatlar o‘tkazdi. Sherzod Asadov, Prezident matbuot kotibi