Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Prezident Shavkat Mirziyoyev "Yangi Toshkent" loyihasi qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida nutq so‘zlamoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev "Yangi Toshkent" loyihasi qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida nutq so‘zlamoqda

Ma’lumki, bugungi kunda poytaxtimizda yashayotgan va ishlayotgan aholi soni qariyb 5 millionni tashkil qiladi. Yaqin yillarda bu ko‘rsatkich yana ko‘payishi kutilmoqda.

Bugungi kunning o‘zida shaharda yiliga 20 mingdan ziyod kvartirali ko‘p qavatli uylar, 40 dan ortiq maktab, bog‘cha, poliklinika qurishga talab bor.

Shuning uchun poytaxtimizning barqaror rivojlanishini o‘ylab, kamida 15-20 yil oldin rejalarimizni aniq belgilab olishimiz zarur, dedi davlatimiz rahbari.

Shularni inobatga olib, Buyuk Britaniya, Singapur, Xitoy va Turkiyalik mutaxassislar bilan Toshkent shahrining 2045 yilgacha bo‘lgan Bosh rejasi loyihasi ishlab chiqildi.

Jumladan, Toshkent viloyatining chegaradosh tumanlari hisobidan poytaxt hududini bosqichma-bosqich kengaytirib, Chirchiq va Qorasuv daryolari oralig‘ida "Yangi Toshkent" loyihasini amalga oshirish maqsad qilib olindi.

Kiritildi: 10:59 18.03.2023. O'qildi: 1656 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!