Bugun 23 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Prezident «Qadr kechasi» munosabati bilan 321 nafar mahbusni afv etdi

Prezident «Qadr kechasi» munosabati bilan 321 nafar mahbusni afv etdi

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov qamoq jazosini o‘tayotgan 321 nafar mahkumni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Qayd etilishicha, Vazirlar mahkamasi yig‘ilishida Turkmaniston prezidenti Mahkumlarni afv etish komissiyasi faoliyati natijalari bilan tanishgan.

Yig‘ilish davomida Turkmaniston prezidenti huzuridagi Fuqarolik va afv masalalari bo‘yicha takliflar tayyorlash komissiyasi raisi, Xavfsizlik Kengashi kotibi B. Gundog‘diyev afv etish komissiyasining musulmonlar uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon oyida alohida o‘rin tutuvchi kecha — «Qadr kechasi» munosabati bilan olib borilgan ishlari natijalari bo‘yicha hisobot taqdim etgan.

Hisobotni tinglagan Serdar Berdimuhamedov an’anaga muvofiq, 321 nafar mahkumni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan.

Turkmaniston prezidenti komissiya raisiga huquq-tartibot organlari rahbarlari bilan birgalikda mahkumlarni qamoq joylaridan ozod qilish va ularni imkon qadar tezroq oilalariga qaytarish bo‘yicha zarur ishlarni amalga oshirishni topshirgan.

Kiritildi: 11:54 22.03.2025. O'qildi: 1423 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!