Shavkat Mirziyoyev raisligida Samarqand shahrida o‘tayotgan yig‘ilishda Paxtachi tumanidan kelgan onaxon bilan suhbatda shu taklifni bildirdi.
«Menga Paxtachi nomli tuman yoqmaydi. Nimaga u Paxtachi bo‘lishi kerak? Buning tarixi yo‘qmi? Karmana va boshqa tumanlarning o‘z tarixi bor. Paxtachi tumanining nomini tarixchilar tuman tarixini o‘rganib, kelajakda shoshilmasdan fursatdan foydalanib nomini ham o‘zimizga munosib qilib qo‘yaylik. Paxtachi degan nom, masalan, menga yoqmaydi. Nima biz Paxtachi bo‘lib o‘tib ketaveramizmi?», — deydi prezident.