Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha, 20 yanvar kuni Oliy Majlis Senatining ilk majlisida nutq so‘zlab, korrupsiya haqida gapirdi.
Tahlillarga ko‘ra hozirda biza uchta soha – tibbiyot, oliy ta’lim va qurilishda eng katta korrupsiya mavjud.
Bitta misol aytaman. «Narxoz» degan universitetni eslasam, kayfiyatim buziladi. Xodiyev degan bir vallomatni ishdan oldik. Bilasizlarmi, yangi qo‘ygan rektorimiz oddiy attestasiya o‘tkazdi, har bir domlaning fan bo‘yicha bilimlari sinaldi. 65 foizi domlalar o‘tmadi. 35 emas, 65.
Hamma studentlar, bechoralar qanday o‘qib yurishibdi, tasavvur qilib bo‘lmaydi», – dedi davlat rahbari.