Bugun 18 aprel, 2025 yil, juma

КИР

Prezident maktablarining rasmiy veb-sayti ishga tushdi

Prezident maktablarining rasmiy veb-sayti ishga tushdi

29 may kuni Prezident maktablarining rasmiy veb-sayti — pm.xtv.uz ishga tushdi. Ushbu veb-sayt orqali fuqarolar Prezident maktablari faoliyati va o‘zlarini qiziqtirgan boshqa savollarga javob olishlari mumkin.

Saytda Prezident maktablarining Call-center (ishonch telefoni), qabul jarayoni va boshqa ma’lumotlar ham o‘rin olgan.

Xususan:

— maktab haqida;

— STEAM ta’lim haqida;

— qo‘shimcha imkoniyatlar;

— onlayn qabul;

— topshiriladigan hujjatlar;

— bo‘sh ish o‘rinlari;

— xalq ta’limiga oid yangiliklar va h.k.

Veb-saytning «O‘quv tizimi» bo‘limida keltirilishicha, Prezident maktabi internat shaklidagi davlat ta’lim muassasasi hisoblanib, o‘quvchilar haftaning besh kuni davomida (dushanba—juma) maktab hududida qolib o‘qishlari talab etiladi.

Barcha o‘quvchilar maktab hududida dushanbadan jumagacha kecha-kunduz bo‘ladi, dam olish kunlari esa ota-onalar farzandlarini uyga olib ketishlari mumkin (shu bilan birga o‘quvchilar maktab-internatda dam olish kunlari ham qolishlari mumkin).

Kiritildi: 09:31 30.05.2019. O'qildi: 2244 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!