Prezident maktabiga kirish imtihonlari arizalar sonidan kelib chiqib, bir necha bosqichlardan iborat bo‘lishi mumkin.
Kirish imtihonlarining birinchi bosqichi bir kun davomida matematika fanidan 20 ta topshiriqdan iborat test shaklida o‘tkaziladi. Belgilangan vazifani bajarish uchun 40 daqiqa vaqt ajratiladi.
Kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichiga har bir o‘ringa 20 kishi hisobidan maksimal nomzodlar soniga ruxsat etiladi.
Prezident maktabiga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi quyidagilardan iborat:
? axborotni tahlil qilish va solishtirish qobiliyatini aniqlash bo‘yicha
16 ta masala;
? mantiq elementlari bo‘lgan matematika fanidan 20 ta masala;
? ingliz tilidan 40 ta test savollari.
Bunda, 5-sinfga qabul uchun ingliz tilidan test faqatgina talabgorning umumiy salohiyatini sinash uchun xizmat qiladi. Prezident maktabi faoliyatining birinchi yilida 6-10 sinflarga kirishga talabgorlar uchun ingliz tili testi qabul mezonlaridan biri deb hisoblanadi va ballar beriladi.
Kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra har bir sinfga eng yuqori ball to‘plagan nomzodlar Prezident maktabi rahbariyati Ishchi organ bilan birgalikda suhbatdan o‘tkaziladi.
Suhbat chog‘ida o‘quvchining ota-onasi (qonuniy vakillari), zarur hollarda, psixolog, shuningdek, tibbiy xodim bo‘lishi shart.
Kirish imtihonlari davlat va qoraqalpoq (Qoraqalpog‘iston Respublikasida) tillarida, hamda talabgorning tanloviga muvofiq ingliz tilida o‘tkaziladi.