Bugun 3 oktyabr, 2022 yil, dushanba

КИР

Prezident maktabiga kirish uchun imtihon topshirayotgan 45 yoshli "qizaloq"qa izoh berildi. Ta’kidlanishicha...

Prezident maktabiga kirish uchun imtihon topshirayotgan 45 yoshli "qizaloq"qa izoh berildi. Ta’kidlanishicha...

Bundan biroz avval ijtimoiy tarmoqlarda “Prezident maktabi"ga o‘qishga kirish uchun imtihon topshirayotgan 45 yoshli "qizaloq"! nomli xabar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Prezident ta’lim muassasalari agentligi Axborot xizmati o‘z munosabatipi bildirdi.

Munosabatda keltirilishicha, mazkur hodisa yuzasidan tushunmovchilikning oldini olish maqsadida qabul komissiyasi a’zolari ishtirokida ota-onalar tomonidan tanlangan vakillar imtihon jarayonlariga kiritilgan.

O‘rganish natijasida ushbu o‘quvchi Toshkent shahridagi maktablardan birining 4-sinf bitiruvchisi A.F. ekanligi aniqlandi va vakillarga isbotlab berilgan.

Xabarda qayd etilishicha, Prezident ta’lim muassasalari agentligi Axborot xizmati tomonidan ota-onalardan iborat vakillarning imtihon jarayonlarida ishtiroki video-tasvirga yozib olingan.

Bloger va ijtimoiy tarmoq faollaridan noxolis xabarlarni tarqatmaslikni so‘raymiz, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 09:02 03.08.2022. O'qildi: 5238 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!