Bugun 1 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Prezident Erdo‘g‘on: «Islom olamining harakatsizligi tarixda qoladi»

Prezident Erdo‘g‘on: «Islom olamining harakatsizligi tarixda qoladi»

Turkiya prezidenti isroil hukumatini inson huquqlari tamoyillarini mensimaslikda aybladi va islom dunyosining G‘azodagi vaziyatga sukut saqlashini qoraladi.

«isroil hukumati sionistik jinnilik holatida tinchlik, inson huquqlari, matbuot erkinligi va demokratiyani himoya qilish uchun mo‘ljallangan barcha tuzilmalarni garovga oldi», dedi Erdo‘g‘on Anqarada qilgan chiqishida.

Turkiya rahbari G‘azo inqirozi bo‘yicha global jimlikni qoralab, vaziyatni «insoniyat uchun sharmandalik» deb atadi. «Biz insoniyat uchun sharmandali kunlarni boshdan kechirmoqdamiz, 50 ming begunoh odam shafqatsizlarcha o‘ldirilib, ikki millioni bombardimon qilinmoqda», dedi u.

«Sionist jinoyatchilarning boshpana topgan chodirlarda bombalar ostida tiriklayin yoqib yuborilayotgan G‘azodagi birodarlarimiz va opa-singillarimiz oldida majburiyatlarimiz bor», dedi Turkiya rahbari.

U isroil bu qishda ikki million odamni «nasistlar lageriga o‘xshash sharoitlarda» azoblashidan ogohlantirdi va «insoniyatning yakuniy tanazzuliga yo‘l qo‘ymaslik uchun» choralar ko‘rishga chaqirdi.

Kiritildi: 21:00 31.10.2024. O'qildi: 588 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!