AQSh prezidenti Donald Tramp NATO sammitida ishtirok etish uchun Turkiya poytaxti Anqara shahriga yetib keldi.
Oq uy rahbarining samolyoti Anqara xalqaro aeroportiga qo‘ndi.
Tashrif doirasida Donald Trampning Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an bilan uchrashuvi rejalashtirilgan. Muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlik, xavfsizlik masalalari hamda mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb mavzular muhokama qilinishi kutilmoqda.
Shuningdek, Tramp NATO sammiti doirasida alyansga a’zo davlatlar rahbarlari bilan ham qator uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.