Gap 2017 yilning sentyabr oyida Ashxobodda o‘tkazilgan V Osiyo o‘yinlari musobaqasi haqida ketyapti.
Ma’lum bo‘lishicha, Turkmaniston iqtisodiy inqiroz holatida bo‘la turib, ushbu musobaqaning o‘tkazilishiga milliardlab dollar xarjlagan. O‘sha musobaqada g‘oliblarga medallardan tashqari qimmatbaho buyumlar, shu jumladan “Toyota” avtomobillari ham sovg‘a qilingan. Endilikda esa mashinalar birin-ketin qaytarib olinyapti.
“Daytube” ijtimoiy tarmog‘ining xabar berishicha, avtomobillar atletlarga berilayotganidayoq “Ishlatmanglar”, deya uqtirilgan. Ayni damda esa Xavfsizlik xizmati xodimlari atletlarga “So‘rasalar, sotdik deb aytinglar”, deya hech bir sababsiz mashinalarni qaytarib olishyapti.