Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Prezident Andijon viloyati Bosh jome masjidini borib ko‘rdi (+foto)

A A A
Prezident Andijon viloyati Bosh jome masjidini borib ko‘rdi (+foto)

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyati Bosh jome masjidini borib ko‘rdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident Andijon viloyati Bosh jome masjidini borib ko‘rdi (+foto)

Bu joyda ilk masjid 1870 yilda tiklangan. Hozirgi masjid qurilishi 2018 yilda boshlanib, shu yil may oyida yakunlandi.

Prezident Andijon viloyati Bosh jome masjidini borib ko‘rdi (+foto)

Yangi bino qadimiy chor ayvon va chor darvoza uslubida barpo etilgan. Uning ikki chetida balandligi 54 metrlik minoralar, asosiy binoning tepa qismida diametri 18 metrli gumbaz qurilgan.

Prezident Andijon viloyati Bosh jome masjidini borib ko‘rdi (+foto)

Ilgari masjid sig‘imi 5 ming kishini tashkil qilgan bo‘lsa, endi bino 15 mingdan ortiq namozxonni o‘z ichiga sig‘dira oladi.

Prezident Andijon viloyati Bosh jome masjidini borib ko‘rdi (+foto)

Qur’on oyatlaridan tilovat etilib, duo qilindi.

Prezident Andijon viloyati Bosh jome masjidini borib ko‘rdi (+foto)

«Bu dargohni barpo etishga hissa qo‘shgan muhandislar, quruvchi va bezakchilar, homiylarga minnatdorchilik bildiraman. Masjid Andijon xalqiga muborak bo‘lsin, uzoq yillar xalqimizga xizmat qilsin», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident Andijon viloyati Bosh jome masjidini borib ko‘rdi (+foto)

Shu yerda ulamo va imom-xatiblar bilan muloqot bo‘ldi.

Prezident Andijon viloyati Bosh jome masjidini borib ko‘rdi (+foto)

«Hamma joylarda muqaddas ziyoratgohlarni obod qilish, yangi masjid va ma’rifat markazlari qurishga e’tibor qaratyapmiz. Bunday xayrli ishlarni davom ettiramiz. Mo‘min-musulmonlar bu yerga kelib, ibodatlarni emin-erkin bajarib, shukronalik bilan xalqimizni duolar qilsa, nur ustiga nur», — dedi davlatimiz rahbari.

Prezident Andijon viloyati Bosh jome masjidini borib ko‘rdi (+foto)

Kiritildi: 06:20 18.06.2021. O'qildi: 4124 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!