Bugun 5 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

Prezident Administrasiyasida Prezident Farmoniga asosan bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

A A A
Prezident Administrasiyasida Prezident Farmoniga asosan bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

Prezident Administrasiyasida Prezident Farmoniga asosan bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. Jumladan:

Ruslanbek Quroltayevich Davletov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;

– Abdusalom Abdumavlanovich Azizov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;

– Suxrob Djo‘raqulovich Yusupov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;

– Adxam Muratovich Turdiyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi sho‘’basi mudiri lavozimidan ozod etildi;

– Muzaffar Murotovich Kamilov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;

– Olim Adilovich Saliyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Kiritildi: 19:26 04.12.2024. O'qildi: 2655 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!