Bugun 1 may, 2026 yil, juma

КИР

"Prava" olish uchun imtihonga onlayn ariza topshirish mumkin

A A A
"Prava"  olish uchun imtihonga onlayn ariza topshirish mumkin

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YAIDXP) yangi “Haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonga ariza topshirish” davlat xizmati ishga tushdi.

Bu xizmat orqali fuqarolar haydovchilarni tayyorlash o‘quv kursini tamomlagach, o‘z hujjatlarini IIVning hududiy ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalariga yuborishadi.

Buning uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

➖Haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarini tugatganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;

➖083 shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;

Portal orqali ariza yuborilgach, ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalari fuqaroga tegishli bo‘lgan hujjatlarni tekshirib, nazariy va amaliy imtihonlarga kirishga ruxsat beriladi. Ruxsatnoma 3 ish kuni ichida taqdim etiladi.

Xizmat narxi 24,3 ming so‘m.

Kiritildi: 17:35 12.10.2021. O'qildi: 17816 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!