Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Poytaxtlik 55 yoshli erkak koronavirus qurboni bo‘ldi

Poytaxtlik 55 yoshli erkak  koronavirus qurboni bo‘ldi

Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashagan 55 yoshli N.D. (erkak) 19 iyul kuni og‘ir holatda Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasi reanimasiya bo‘limiga yotqizilgan.

Shifoxonada unda “COVID-19” tasdiqlangan.
Bemorga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘pka shishi, keng tarqalgan miokard infarkti asorati bilan kechgan.

Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stabil zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya, arterial gipertenziya, semizlikning 3-darajasi kabi hamroh xastaliklar bilan ham og‘rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli asosiy kasallik hisobiga keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘pka shishi, keng tarqalgan miokard infarktidan vafot etgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 22:49 31.07.2020. O'qildi: 3177 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!