Bugun 29 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Poytaxtimizda MDH mintaqasi uchun AKT statistikasi haftaligi boshlandi

A A A
Poytaxtimizda MDH mintaqasi uchun AKT statistikasi haftaligi boshlandi

Poytaxtimizda Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI) tomonidan MDH mintaqasi uchun AKT statistikasi haftaligi o‘tkazilmoqda.

Tadbirda raqamli ulanishlar sohasidagi milliy siyosat va strategiyalar uchun mas’ul bo‘lgan 70 dan ortiq davlat xizmatchilari hamda telekommunikasiya/AKT rivojlanishini o‘lchash uchun mas’ul vazirliklar, milliy statistika boshqarmalari, tartibga solish organlari, aloqa operatorlari, tadqiqot institutlari va MDH mintaqasining boshqa tegishli tashkilotlari rahbarlari va ekspertlari ishtirok etmoqda.

AKT statistikasi haftaligi ochilishi marosimida Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Jamol Maxsudov, Xalqaro elektraloqa ittifoqi nomidan MDH mintaqasi uchun XEI mintaqaviy direktori Natalya Mochu hamda Aloqa sohasidagi hududiy hamdo‘stlik ijroiya qo‘mitasi bosh direktori Aleksey Borodin nutq so‘zladi, deyiladi Raqamli texnologiyalar vazirligi ma’lumotida.

Universal mazmunli ulanish (UMS)ni baholash uchun AKT statistikasi bo‘yicha Xalqaro elektraloqa ittifoqi o‘quv seminari UMS konsepsiyasi va uni milliy raqamli siyosatda optimallashtirish yo‘llarini o‘rganish imkoniyatini beradi.

Bundan tashqari, seminar MDH mamlakatlarining tegishli statistik ma’lumotlarni ishlab chiqarish va tarqatish bo‘yicha salohiyatini yaxshilashga yordam beradi.

Kiritildi: 14:08 25.06.2024. O'qildi: 1006 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!