Bunga kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari sabab bo‘ldi.
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» matbuot xizmati xabar berishicha, kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari sababli Toshkent shahridagi Furqat va Beshyog‘och ko‘chalarining ayrim qismlari 19 kunga yopiladi.
Qayd etilishicha, Shayxontohur tumani iste’molchilarini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlashni yaxshilash maqsadida Chilonzor tumanining Beshyog‘och ko‘chasi bo‘ylab 110 kV li yuqori kuchlanishli yerosti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari davom etmoqda. Mazkur ishlar ma’lum hududda yo‘l qoplamasini demontaj qilish ishlari olib borilishini taqozo qiladi.
Shu sababli 22 noyabr kuni soat 00:00 dan 10 dekabr kuniga qadar quyidagi hududlarda ikki tomonlama yo‘nalish barcha harakat ishtirokchilari uchun cheklanadi:
Tashkilot noqulayliklar uchun uzr so‘rab, ushbu davrda muqobil yo‘llardan foydalanishni tavsiya qildi.