Bugun 10 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Poytaxt IIBB ogohlantirish!

Poytaxt IIBB ogohlantirish!

Bugun, 10 mart kuni Toshkent shahrida qorli ob-havo kuzatilmoqda. Poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi YHXB holat yuzasidan ogohlantirish bilan chiqdi.

Haydovchilardan yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida quyidagilarga amal qilishlari so‘raladi:

  • yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilishingizni;
  • oraliq masofani saqlab;
  • tezlikni belgilangan me’yordan oshirmay;
  • yo‘llarda harakatlanayotgan piyodalarni hurmat qilgan holda, ehtiyotkorlik bilan harakatlanish.

Shuningdek, avtomobillarni ko‘p qavatli bino va inshootlar, shuningdek daraxtlar tagida qoldirmaslik va transport vositalarini maxsus turargohlarda saqlash tavsiya etiladi.

Kiritildi: Bugun 20:10. O'qildi: 488 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!