Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchisi Baxtiyor Raxmonov jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan hokimlarni jazoladi. Bu bo‘yicha shahar hokimi tegishli qaror qabul qilgan.
Unga ko‘ra,
— Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Shakirov Xotambek Anvarovich;
— Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari — uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchisi Raximdjanov Shoxrux G‘ayrat o‘g‘li;
— Chilonzor tumani hokimi Xolxo‘jayev Saidqahhor Muhammadkarim o‘g‘li;
— Yunusobod tumani hokimi Abduvaliyev Boxadir Abdulxayevich;
— “Munisipal aktivlarni boshqarish markazi” DUK bosh direktori Razzoqov Axad Anvarovichlarga o‘rtacha oylik ish haqining 20 foizi miqdorida jarima jazosi qo‘llanilgan.