Portugaliyalik dron ishlab chiqaruvchi Tekever quruqlikdagi va dengizdagi operasiyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘zining ayrim tizimlarini Ukrainaga yetkazib berishini ma’lum qildi, deb yozadi Defence News.
Xarid Daniya, Islandiya, Litva, Norvegiya, Shvesiya, Niderlandiya va Buyuk Britaniya tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Ukraina uchun Buyuk Britaniya xalqaro jamg‘armasi (IFU) tomonidan moliyalashtirildi.
Dron quruqlikdagi va dengizdagi missiyalarda katta maydonni kuzatish uchun mo‘ljallangan.
Tekever bosh direktori va asoschisi Rikardo Mendez kompaniya "Ukrainani qo‘llab-quvvatlaganidan g‘ururlanishini va Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi va IFUga hayotimizdagi eng muhim narsalardan biriga hissa qo‘shishimizga imkon bergani uchun minnatdorchilik bildirishini" aytdi.
Shu oy boshida Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi IFU Ukraina kuchlariga taqdim etayotgan harbiy texnikasi aks etgan videoni e’lon qildi.