Portugaliya terma jamoasi Millatlar ligasi finalida Ispaniyani penaltilar seriyasida mag‘lub etdi - 3:2.
Asosiy vaqtda ispaniyaliklardan Martin Subimendi va Mikel Oyarsabal, portugaliyaliklardan Nunu Mendesh va Krishtianu Ronaldu o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Penaltilar seriyasida portugallar aniqroq bo‘ldi - 5:4.
Portugaliyaliklar sardori Ronaldu jarohat tufayli o‘yinni oxirigacha davom ettira olmadi va 88-daqiqada zaxiraga olindi.
Portugaliya tarixda ikkinchi marta Millatlar ligasi g‘olibiga aylandi. U birinchi marta 2019 yilda finalda g‘alaba qozongan. Ispanlar turnir finalida ikkinchi marta mag‘lub bo‘lishdi - avvalroq bu 2021 yilda Fransiyaga qarshi bo‘lgandi.