Portugaliya terma jamoasi jahon chempionatidagi ilk uchrashuv arafasida rejalashtirilgan mashg‘ulot va matbuot anjumanini bekor qildi. Bu qaror Florida shtatida kuchli yomg‘ir va shamol bilan kelayotgan dovul xavfi tufayli qabul qilingan.
Futbol bo‘yicha jahon chempionati tarixda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirokida va bir vaqtning o‘zida uch davlat — AQSH, Kanada va Meksika hududida o‘tmoqda.
Portugaliya terma jamoasi 17 iyun kuni Xyuston shahrida Kongo DR jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bu uchrashuv "K" guruhining birinchi turidan o‘rin olgan.
O‘yin oldidan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan matbuot anjumanida jamoa yarim himoyachisi Mateush Nunesh ishtirok etishi rejalashtirilgan edi. Biroq ob-havo keskin yomonlashgani sababli jurnalistlar, terma jamoa vakillari hamda boshqa ishtirokchilar xavfsizlik nuqtai nazaridan tezda mashg‘ulot maydonini tark etgan.
Manbalarga ko‘ra, Portugaliya futbolchilari rejalashtirilgan mashg‘ulotni bekor qilmagan, faqat uni ochiq maydon o‘rniga yopiq inshootda o‘tkazishga majbur bo‘lishgan.
Eslatib o‘tamiz, bu yilgi jahon chempionati 19 iyul kuni nihoyasiga yetadi.