Mamlakat Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, Portugaliya ertaga, 21 sentyabr kuni Falastin davlatini tan oladi.
Rasmiy qaror dushanba kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.
Portugaliya TIV rahbari Paulu Ranjel shu hafta Buyuk Britaniyaga tashrifi chog‘ida bu masala uning mamlakatida kun tartibida turganini va hukumat bu qarorni jiddiy ko‘rib chiqayotganini ta’kidladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu qadam BMT Bosh Assambleyasining navbatdagi yig‘ilishi boshlanishidan oldin amalga oshiriladi. Ekspertlar buni xalqaro siyosatdagi muhim voqea sifatida baholamoqda.