Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Pora uchun - partiyadan chiqarib yuborish va hibsga olish

Pora uchun - partiyadan chiqarib yuborish va hibsga olish

Xitoy Oliy xalq prokuraturasi Pekin merining sobiq o‘rinbosari Gao Penni hibsga olishga qaror qildi. U poraxo‘rlikda gumon qilinmoqda.

Prokuratura saytidagi xabarda aytilishicha, departament avvalroq amaldorni «qamoqqa olishga qaror qilgan». Hozirda uning hibsda ekanligiga aniqlik kiritilmagan. Ish ko‘rib chiqilmoqda.

Oktyabr oyida Pekin vise-meri poraxo‘rlik ayblovlari tufayli o‘z lavozimidan ozod etilgani ma’lum bo‘lgan edi. U Xitoy Kommunistik partiyasidan ham chiqarib yuborilgan. Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, mansabdor shaxs to‘lov evaziga uchinchi shaxslarni ishga joylashtirish, ko‘tarilish, tadbirkorlik faoliyati va qurilish shartnomalarini olishda yordam bergan.

Kiritildi: 21:12 07.11.2024. O'qildi: 1188 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!