Bugun 6 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Pora bilan qo‘lga tushgan Guliston tumani hokimining sobiq o‘rinbosariga hukm o‘qildi

A A A
Pora bilan qo‘lga tushgan Guliston tumani hokimining sobiq o‘rinbosariga hukm o‘qildi

Aprel oyida 400 dollar olayotganda qo‘lga tushgan Guliston tumani hokimining sobiq o‘rinbosari firibgarlikka suiqasdda aybdor deb topdi. U 73,5 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Sobiq mulozim fuqarodan tumandagi «Yulduz» massivida kam ta’minlangan oilalar uchun qurilayotgan ko‘p qavatli arzonlashtirilgan uy-joylardan xonadon olishi uchun ro‘yxatga qo‘yishini aytib, evaziga 400 dollari so‘ragan.

"Sirdaryo Xabarlar" ma’lumotlariga ko‘ra, tuman hokimligining yetakchi mutaxassisi M.Xolbekovga ham hukm o‘qildi. Unga pora berishda ishtirok etgani uchun 2 yil muddatga davlat organlarida mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 2 yil 2 oy ozodlikni cheklash jazosini tayinladi.

Kiritildi: 16:08 11.10.2021. O'qildi: 4428 marta. Fikrlar soni: 4 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!