Ijtimoiy tarmoqlarda Pop ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi xodimlarining maoshi yuzasidan turli xabarlar tarqaldi va muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bu haqda O‘rmon xo‘jaligi agentligi axborot xizmati qo‘yidagilarni ma’lum qildi:
Pop ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligida bugungi kunda jami 83 nafar ishchi-xodimlar faoliyat olib boradi. Shundan 68 nafariga byudjet hisobidan ish haqi hisoblanadi. Bugunga qadar ishchi-xodimlar noyabr oyiga qadar ish haqlarini olgan. 15 nafar xodimga xo‘jalik hisobidan iyun oyiga qadar maosh tayinlangan.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra, oylik maoshlar xodimning ish stajiga qarab hisoblangan ish haqidan bo‘lgan qarzdorliklar joriy yil yakuniga qadar to‘liq hisob-kitob qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra, oylik maoshlar xodimning ish stajiga qarab hisoblangan ish haqidan bo‘lgan qarzdorliklar joriy yil yakuniga qadar to‘liq hisob-kitob qilinadi.
Shuningdek, O‘rmon xo‘jaligi tomonidan o‘tgan 2022 yilda yetishtirilgan 23 ming 500 ta na’matak ko‘chatlaridan 19 ming donasi Pop tumani bo‘limida ro‘yxatda turuvchi yoshlarga ajratib berilgan. Yoshlarga o‘zini band qilishini ta’minlash maqsadida shartnoma asosida 0.3 ga yer maydoni ham ajratilgan.
Fuqarolar tomonidan O‘rmon xo‘jaligi binosiga tegishli bo‘lgan yer maydonidan foydalanish to‘g‘risida murojaatlar kelib tushgan. Ammo tegishli tartibga ko‘ra, mazkur murojaatlar rad etilgan.
Bugungi kunda mazkur O‘rmon xo‘jaligi faoliyati viloyat prokraturasi tomonidan o‘rganib chiqilmoqda. Qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi.