Bugun 31 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Polshaliklar hukumat qaroriga qarshi

Polshaliklar hukumat qaroriga qarshi

Polshaliklar hukumatning harbiy tayyorgarlik dasturida ishtirok etishni xohlamasliklarini bildirdi.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, polyaklarning 54 foizi hukumat tomonidan ishlab chiqilayotgan harbiy tayyorgarlik dasturida ishtirok etishni istamaydi. Ularning 33 foizi bu g‘oyaga mutlaqo qarshi ekanini bildirgan.

Shu bilan birga, so‘rovda qatnashganlarning 35 foizi ushbu dasturga qiziqish bildirgan. Ularning 14 foizi uning ishtirokchisi bo‘lishga tayyor ekanini aytgan bo‘lsa, 21 foizi tez orada rozi bo‘lishini ta’kidlagan.

Qayd etilishicha, dastur hali to‘liq ishlab chiqilmagan va unda ayollar ham ishtirok etishi mumkin.

Kiritildi: 17:16 25.03.2025. O'qildi: 987 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!