Muxolifatdagi "Qonun va adolat" partiyasi nomzodi Karol Navroskiy Polshadagi prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida 50,9 foiz ovoz olib, g‘alaba qozondi.
TVP Info telekanali xabar berishicha, Respublika Davlat saylov komissiyasi tomonidan saylov byulletenlarining 100 foizi ko‘rib chiqilgani ma’lumotlari shundan dalolat beradi.
Hukmron fuqarolik koalisiyasi nomzodi va Varshava meri Rafal Tshaskovskiy 49,1 foiz ovoz oldi.
Polshada prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichida ovoz berish 1 iyun kuni bo‘lib o‘tdi. Davlat saylov komissiyasi o‘zining rasmiy natijalarini 2 iyun kuni e’lon qilishni rejalashtirmoqda.