Bugun 11 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Polshada Rossiya chegarasi yaqinidan kirill yozuvida bo‘lgan dron topildi

Polshada Rossiya chegarasi yaqinidan kirill yozuvida bo‘lgan dron topildi

Mamlakatning shimolidagi Bartoshise shahri yaqinida, Rossiya chegarasidan 20 kilometrcha uzoqlikda kirill alifbosida yozuvi bo‘lgan dron topildi.

Onet va RMF24 nashrlari bergan ma’lumotga ko‘ra, harbiy jandarmeriya ushbu noma’lum ob’ekt haqidagi xabarni 9 may kuni ertalab olgan.

Polsha Mudofaa vazirligiga yaqin manbalarning taxminicha, Rossiya harbiylari o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazayotgan vaqtda ushbu qurilmani yo‘qotib qo‘ygan bo‘lishi mumkin. Tergovchilar hozircha bu faqat xorijga tegishli dron ekanini tasdiqlashdi. Dronning uchish masofasi cheklangani sababli, uning Ukrainadan kelib qolgani ehtimoli istisno qilinmoqda. Ko‘plab belgilar dronning Rossiyaning Kaliningrad viloyatidan uchib kelganini ko‘rsatyapti, deyiladi xabarda.

Kiritildi: Bugun 12:00. O'qildi: 318 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!