Bugun 3 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

Polshada qo‘poruvchilik harakatlarida gumonlanuvchi 4 kishi qo‘lga olindi

Polshada qo‘poruvchilik harakatlarida gumonlanuvchi 4 kishi qo‘lga olindi



Polsha razvedka xizmatlari ma’lumotlariga ko‘ra, bir guruh jinoyatchilar Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va Buyuk Britaniyaga quruqlikda va havoda tashish vaqtida o‘z-o‘zidan alangalanuvchi yoki portlovchi moddalar solingan jo‘natmalarni yuborgan.

"Rossiya maxsus xizmatlari ko‘rsatmasi bo‘yicha harakat qilgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan to‘rt nafar jinoyatchi qo‘lga olindi, yana ikki gumonlanuvchi xalqaro qidiruvga berildi. Shuningdek, ushbu guruhning maqsadi AQSh va Kanadaga yuborilgan ushbu turdagi yuklarni uzatish kanalini tashkil etish bo‘lgan", deyiladi Polsha Milliy prokuraturasi matbuot xizmati xabarida. Prokuratura bayonotida hibsga olinganlarning shaxsi va fuqaroligi haqida ma’lumot berilmagan.

Polsha Ichki xavfsizlik agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, sobiq SSSR mamlakatlari, jumladan, Ukraina va Belarus yoshlari qo‘poruvchilik missiyalarini bajarishga jalb qilinmoqda.

"Bunday shaxslar ko‘pincha jinoiy doiralar bilan bog‘liq bo‘lib, ularning Rossiya razvedka xizmatlari bilan hamkorlik qilishlari uchun asosiy sabab moliyaviy rag‘batlantirish hisoblanadi", deyiladi agentlik bayonotida.

Kiritildi: 20:34 26.10.2024. O'qildi: 879 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!