So‘nggi so‘rovnomalarga ko‘ra, asosiy kurash Varshava meri Rafal Tshaskovskiy va Karol Navroskiy o‘rtasida kechishi kutilmoqda.
Tshaskovskiy mamlakat bosh vaziri Donald Tusk boshchiligidagi “Fuqarolik koalisiyasi” tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Navroskiy esa amaldagi prezident Andjey Dudaga tegishli bo‘lgan konservativ “Huquq va adolat” (PiS) partiyasining qo‘lloviga ega.
2024 yil fevral oyida Navroskiy Rossiya tomonidan Polsha hududidagi Sovet armiyasi yodgorliklarini buzishda ishtirok etgani uchun qidiruvdagi shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan edi.
Taxminlarga ko‘ra, ulardan hech biri saylovning birinchi turida g‘alaba qozona olmaydi va ovoz berishning ikkinchi turi o‘tkaziladi.