Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Polsha Zelenskiyning tanqidiga javob berdi

Polsha Zelenskiyning tanqidiga javob berdi

Polsha TIV vaziri Zelenskiyning MiG-29 samolyotlarini topshirishdan bosh tortgani bo‘yicha tanqidini rad etdi.

"Bizning o‘z mudofaa ehtiyojlarimiz bor", — dedi Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy tomonidan Varshavaning Kiyevga ko‘p maqsadli MiG-29 qiruvchi samolyotlarini berishdan bosh tortgani uchun qilingan tanqidga javoban.

Tashqi ishlar vazirining so‘zlariga ko‘ra, Polsha Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida oldingi chiziqda. Chunki uning qo‘shnilari Rossiya va Ukraina bo‘lib, Polsha bu urushni o‘z chegaralaridan imkon qadar uzoqroq tutishi kerakligini qo‘shimcha qilgan.

Avvalroq Zelenskiy NATOning sobiq bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan Polsha alyans samolyotlarini olishi, o‘zi esa Ukrainani Sovet davrida ishlab chiqarilgan MiG-29 qiruvchi samolyotlari bilan ta’minlashi borasidagi kelishuv haqida gapirgan edi.

Ammo Polsha mudofaa vazirining ta’kidlashicha, MiG-29 samolyotlarini Ukrainaga topshirish qarori mamlakat harbiy-havo kuchlari yangi samolyotlar, xususan, AQShdan F-35 qiruvchi samolyotlarini olgandan keyingina qabul qilinishi mumkin. F-35 samolyotlari esa Polshaga 2026 yilgacha yetkazib berilishi aytilgan.

Kiritildi: 22:50 03.11.2024. O'qildi: 1779 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!