Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga kirishi bo‘yicha muzokaralar Volin qirg‘ini masalasi bilan murakkablashmoqda, deb yozadi Bloomberg.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Zelenskiy sentyabr oyida Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan keyin "g‘azablangan," unda vazir Kiyevning Yevropa Ittifoqiga tezda a’zo bo‘lishga intilishini namoyishkorona "tormozlagan." O‘shanda Sikorskiy Varshavaning Volin qirg‘ini qurbonlarining jasadlarini eksgumasiya qilish haqidagi talabini ko‘tardi va buni Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish muzokaralari bilan bog‘ladi, deb tushuntiradi agentlik.
Eslatib o‘tamiz, Polsha Volin qirg‘inini - 1943 yilda Ukraina ozodlik armiyasi tomonidan G‘arbiy Ukrainadagi polyak aholisi va yahudiylarning ommaviy qirg‘in qilinishini genosid deb tan oldi.
Polsha Ukrainadan genosidni tan olishni va qoralashni talab qilmoqda.