Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Polsha Tashqi ishlar vazirligi: Varshava va Kiyev munosabatlarini yaxshilash titanik harakatlarni talab qiladi

Polsha Tashqi ishlar vazirligi: Varshava va Kiyev munosabatlarini yaxshilash titanik harakatlarni talab qiladi

Polsha tashqi ishlar vazirligi rahbari Zbignev Rau Polsha va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish tomonlardan “titanik sa’y-harakatlar”ni talab qilishiga ishonch bildirdi.

Bu haqda u Polsat telekanalida aytib o‘tdi.

“Boshlanish nuqtasiga qaytish uchun titanik harakatlar talab etiladi”, — deya uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Rau Kiyevga ikki tomonlama munosabatlarni yaxshilash uchun nima qilish kerakligini aytmasligini ta’kidladi.

Unga ko‘ra, Ukraina yetarlicha istak ko‘rsatsa, o‘zi yechim topadi.

Polsha vazirining qo‘shimcha qilishicha, hozirda Kiyev va Varshava o‘rtasidagi munosabatlar pasayish davriga kirmoqda.

Kiritildi: 02:21 03.10.2023. O'qildi: 1448 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!