Polsha Tashqi ishlar vazirligi o‘z fuqarolariga Rossiyaga bormaslikni tavsiya qildi.
"Ukrainadagi urush va Polshaning Rossiya Federasiyasi hukumati tomonidan dushman davlat sifatida tan olinishi munosabati bilan Rossiyaga sayohat qilishdan bosh tortishingizni tavsiya qilamiz", — deyiladi vazirlik bayonotida.
Vazirlik, shuningdek, hozirda Rossiyada bo‘lgan polshaliklarga mamlakatni shaxsiy ravishda tark etishni tavsiya qildi va mamlakatlar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar to‘xtatilganini ta’kidladi.
Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalarning qisqarishi munosabati bilan Polsha rasmiylarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri konsullik yordami ko‘rsatish imkoniyati cheklangan, deya qo‘shimcha qildi respublika TIV.
May oyida tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy Krakovdagi Rossiya bosh konsulligini yopishga qaror qilganini ma’lum qilgan edi.