Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Polsha "Sharq qalqoni" doirasida minalangan maydonlarni yaratadi

A A A
Polsha "Sharq qalqoni" doirasida minalangan maydonlarni yaratadi

Polsha o‘zining sharqiy chegarasida "Sharqiy qalqon" muhandislik inshootlari majmuasiga kiruvchi mina maydonlarini yaratadi.

Bu haqda Polsha televideniyesi xabar berdi.

"Soat 13.00da mashg‘ulotlar Ojishe poligonida boshlanadi, bu yerga Bosh vazir Donald Tusk keladi", — deyiladi xabarda.

Bugun sinovdan o‘tkaziladigan elementlar beton kirpilar, tankga qarshi ariqlar va minalangan maydonlardir. Keyinchalik ular Sharqiy qalqonni jihozlash uchun foydalanishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq Polsha rasmiylarining chegarani mustahkamlash qarori noqonuniy migrantlarning navbatdagi to‘lqini fonida ro‘y berayotgani xabar qilingandi. Polsha Rossiya va Belarus bilan chegarasini mustahkamlash uchun qo‘shimcha 2,6 milliard dollar sarflaydi – 400 kilometrlik chegara bo‘ylab yangi istehkomlar va to‘siqlar quriladi.

Kiritildi: 14:57 14.10.2024. O'qildi: 798 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!