"O‘tkazilgan ovoz berishda 243 nafar deputat Tusk hukumatini qo‘llab-quvvatladi, 210 nafari esa unga qarshi chiqdi. Hech kim betaraf qolmadi", deya xabar bermoqda Onet nashri.
Polsha bosh vaziri Donald Tusk mamlakat prezidentligi uchun saylovlarda muxolifatdagi “Huquq va adolat” partiyasidan bo‘lgan nomzodi Karol Navroskiy g‘alaba qozonganidan so‘ng, hukumatga ishonch bo‘yicha ovoz berish o‘tkazilishi zarurligini e’lon qilgan edi.
Prezidentlik saylovlarida konservativ siyosatchi Karol Navroskiy 50 foizdan ko‘proq ovoz olgan. Uning raqibi — hukumatdagi “Fuqarolik koalitsiyasi”dan ko‘rsatilgan liberal nomzod va Varshava meri Rafal Tshaskovskiy esa taxminan 49% ovoz to‘plagan edi.