Polsha bosh vaziri Donald Tusk shu hafta boshida Vladimir Putin bilan ikki yil ichida birinchi marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefon orqali muloqot qilgan Germaniya kansleri Olaf Sholsni tanqid qilgandek bo‘ldi.
Onlayn postida Tusk tunda Ukrainaga qilingan hujumlarning so‘nggi to‘lqiniga ishora qildi.
Tusk ingliz tilida «Putinni telefon qo‘ng‘irog‘i bilan hech kim to‘xtata olmaydi» deb yozdi. «Urushdagi eng yirik hujumlardan biri bo‘lgan kechagi hujum telefon diplomatiyasi butun G‘arbning Ukrainaga haqiqiy yordami o‘rnini bosa olmasligini isbotladi».
Tusk «keyingi haftalar nafaqat urushning o‘zi, balki kelajagimiz uchun ham hal qiluvchi bo‘ladi», deb ogohlantirdi.