Piyodalarga qarshi minalardan foydalanish, to‘plash, ishlab chiqarish va o‘tkazishni taqiqlovchi Ottava konventsiyasini bekor qilish sabablari haqida so‘ralganda, Polsha Mudofaa vazirligi shunday javob berdi:
“Bizda boshqa tanlov yo‘q. Chegaradagi vaziyat jiddiy”.
Avvalroq, Polsha, Litva, Latviya va Estoniya Ottava konvensiyasidan chiqishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edik.
160 dan ortiq davlat tomonidan ratifikasiya qilingan Ottava konvensiyasidan chiqish ularga Rossiya bilan chegara hududlarni minalashtirish imkonini beradi.