Polsha armiyasi 135 million dollarga to‘rtta razvedka mikro sun’iy yo‘ldosh sotib oldi. Ushbu qurilmalar 2025-2026 yillarda orbitaga chiqarishi rejalashtirilgan.
Mamlakat Mudofaa vazirligi rahbari Vladislav Kosinyak-Kamish ma’lumot berishicha, yo‘ldoshlarning birinchisi kelasi yil, qolganlari 2026 yil yer orbitasiga ko‘tariladi.
Hozirgacha Polshada harbiy sun’iy yo‘ldosh yo‘q edi. 2022 yil dekabr oyida Varshava Fransiyadan xarib qilgan ikkita kuzatuvchi sun’iy yo‘ldosh ham 2027 yilgacha uchiriladi.